Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Markaziy apparat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir qator tanlovlar, musobaqalar va intellektual o‘yinlar tashkil etildi.
Jumladan, Fuqaro muhofazasi otryadida gazdan qutqarish ishlari bo‘yicha estafeta tashkil etildi. Unda 12 nafar respiratorchilar 3 ta jamoaga bo‘lingan holda shaxsiy himoya vositalari va havo izolyasiya apparatlari yordamida quvurlarda gaz sizib chiqishini bartaraf etishdi, jabrlanganlarni qutqarishdi.
Estafeta yakunlariga ko‘ra, Abbosxo‘ja Yunusov, Jo‘rabek Abdiyev, Nodirali Qodirov, G‘iyosjon Shodiyevlardan iborat 1-jamoa g‘olib bo‘ldi.
Texnik tizimlar xavfsizligi xizmati mehnat jamoasida esa “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” tanlovi o‘tkazilib, unda O‘tkir Oqbolayev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni elektromontyor Nursulton Avlaev egalladi. Elektromontyor Ervin Gafarovga uchinchi o‘rin nasib etdi.
Ushbu mehnat jamoasi o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida esa qo‘riqlash-yong‘in signalizasiyasi guruhi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘ringa boshqarma ayollari jamoasi loyiq ko‘rildi.
Texnik qidiruv vositalari guruhi jamoasi uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Shuningdek, Moddiy texnik ta'minoti boshqarmasida o‘tkazilgan tanlovda Husan Janaev, Zufar Hakimov, Nargiza Rasulova, Zokir Abduqahharov, Sunnat Risqulov va Bunyod Jumaboevlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimdon deya e'tirof etildi.
Tanlov va musobaqalarning barcha g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Almira Volkova,
Markaziy apparat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi