Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi davlat miqyosidagi dolzarb masala

08 Aprel 2026, 8:48 191

Joriy yilning 7-aprel kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida kombinat tarkibiy bo‘linmalarining bosh muhandislari, boshliq o‘rinbosarlari, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev olib borgan yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2026-yilning iyun-iyul oylarida kutilayotgan tekshirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Shuningdek  yig‘ilish  kun tartibidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 14-martdagi 135-son buyrug‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, tashkilotlarida mehnat, mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish to‘g‘risidagi masala ham o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining tekshirish savolnomasi, “Olmaliq KMK” AJ ning 2026-yil 4-fevraldagi 00121-sonli “Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 819-sonli “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyruq ijrosi, kombinat tarkibiy bo‘linmalari (Markaziy apparat, Qalmoqqir KB, Kovuldi KB, TTB, STTB, MBF, MEZ, MTMZ) xalqaro ISO 45001:2018 standarti talablariga muvofiq “Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta’minlash menejmenti tizimi”ni resertifikatlashtirishga tayyorgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonining 4-bandi bilan Sanoat xavfsizligi sohasini to‘liq raqamlashtirish maqsadida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi Qo‘mitasiga “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimini ishga tushirish hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda resurslari bilan integratsiya qilish masalasi diqqat markazda bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida kombinat tarkibiy bo‘linmalari mas’ullarining yuqorida qayd etilgan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Sh. Jo‘rayev tomonidan kun tartibidagi masalalarga jiddiy yondashish kerakligini, tarkibiy bo‘linmalarda MM va SX holatini qoniqarli darajada bo‘lishini ta’minlashni, baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi holatlarni bartaraf etish lozimligini ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha mutasaddailarga kerakli vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

Iroda Almatova,

Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi departamenti muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech