• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi: 2-chorak yakunlari sarhisobi

15 Iyul 2024, 14:58 906

Kuni-kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning 2024-yil 2-chorak bo‘yicha sarhisobi va 3-chorak uchun belgilangan vazifalarga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda OKMK rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, tegishli mutasaddilar va mutaxassislar, kasaba uyushmasi qo‘mitasi mas'ullari va faollari, yetakchi muhandis-texnik xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish OKMK bosh muhandisining Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jo‘rayevning 2-chorak yakunlariga doir chiqishi bilan boshlandi. Joriy yilning 2-choragi uchun kombinat tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan kompleks chora-tadbirlarga 33 million 546 ming so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgani ta'kidlandi.

Ishchilar maxsus kiyim-bosh va poyafzallar, davolash-profilaktika talonlari, sut mahsuloti, yuvish vositalari, tegishli toifa ishchilar gazlangan mineral suv bilan ta'minlangan va hisobot davri davomida 6 446 nafar ishchi-xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

2-chorak davomida 5 ming 697 nafar ishchilar sohaga doir malaka oshirgan bo‘lsa, 100 nafardan ziyod muhandis-texnik xodimlar sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitildi.  Rahbarlar tarkibi ISO standarti va mehnat muhofazasi bo‘yicha malakasini oshirdi.

Hisobot davrida mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 9 ta auditorlik tekshiruvi va 12 ta tezkor-maqsadli tekshirishlar o‘tkazilib, mehnat va sanoat xavfsizligi talablarining 728 ta buzilishi aniqlangan.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, 11 ta buyruq chiqarilib, 64 nafar rahbar va mutaxassislar intizomiy javobgarlikka tortildi. 

Olib borilayotgan qator profilaktik chora-tadbirlarga qaramay, joylarda tashkiliy va texnik kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Endilikda bajariladigan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi borasidagi vazifalarga jiddiy yondoshish, ishchi-xodimlar salomatligi va xavfsizligi hamisha ustuvor ekani qat'iy ta'kidlanib, nazorat va mas'uliyatni yanada oshirish, belgilangan vazifalarga jiddiy yondoshish, sohaga doir kamchilik va nuqsonlarga barham berishga kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida kombinat bo‘yicha o‘tkazilgan “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” hamda “Eng yaxshi hamshira” ko‘rik tanlovining 2024-yilgi g‘oliblari Faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech