• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi bilan tanishuv

14 Oktyabr 2022, 15:7 1153

Xabaringiz bor, 2021-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi. Mazkur akademiya, asosan, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq malakali kadrlarni tayyorlab berishi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir. Qolaversa, iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sohaga oid muammolarni ilmiy hamda amaliy jihatdan hal etish ham uning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Ta'lim muassasasida talabalarga barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, ta'lim yangi texnologiyalar asosida jihozlangan auditoriyalarda olib boriladi. Tashrif buyuruvchilarda, ayniqsa, elektron kutubxona, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha laboratoriyalar, sport kompleksi, yotoqxona, oshxona va bufetlardagi imkoniyatlar katta taassurot qoldirdi.

Ta'lim jarayonining avtomatlashtirilgan “Platforma” majmuasi ham joriy etilganligi esa ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, talabalar uchun o‘quv binosida wi-fi (bepul internet), kutubxonaning o‘quv va elektron zallari mavjud bo‘lib, elektron kutubxonadan masofaviy holda foydalanish mumkin. Asosiy mashg‘ulotlardan so‘ng talabalarning fanlar bo‘yicha mustaqil shug‘ullanishlari uchun komp'yuter sinflari, laboratoriyalar va maxsus xonalar mavjud.

Akademiyada ta'lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlangan.

Umida Djalilova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech