• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Men liderman"

13 May 2022, 13:32 1381

"Olmaliq KMK" AJ O‘quv markazida Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan "Men liderman" deb nomlangan ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, savol javob, muammoli vaziyatlar yechimini topish va erkin mavzu shartlari bo‘yicha bahslashishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘quv markazi mutaxassissi Shahzod Urolboyev g‘olib sifatida e'tirof etildi.

O‘quv markazining yana bir xodimi Shahboz Raxmanov esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi sharafini himoya qilgan Durdona Nasrullayeva uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Malaka baholash markazi mutaxassisi Shuhrat Normatov umumiy yig‘ilgan ballar bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni hamda "Eng bilimdon ishtirokchi" nominasiyasini qo‘lga kiritdi.

O‘quv markazi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Bo`lishmoq:
Text to speech