• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Men “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi tashkiloti a'zosi ekanligimdan faxrlanaman!

20 Fevral 2023, 12:33 811

Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi - o‘z kasaba uyushma a'zolarining ijtimoiy-mehnat huquqlarini, shuningdek kasbiy, madaniy va ma'naviy, ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, amaldagi qonunchilik doirasida ularning huquqiy kafolatlarini ta'minlashdan iboratdir.

Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotining tuzilmaviy tarkibidagi 40 ta boshlang‘ich tashkilotlari 46 ming 812 nafar a'zolarni birlashtiradi. Shulardan 38 084 nafari – ishlovchilar (xotin-qizlar – 8583 nafar, yoshlar - 12 660 nafar), 7 370 nafari – ishlamaydigan pensionerlar va 1 358 nafari – Olmaliq kasb-hunar maktabi o‘quvchilaridir. Kasaba uyushmasi a'zosining haq va huquqlari nimadan iborat, unga nisbatan qanday ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar joriy etilgan?

Mana shu savollar bo‘yicha sex va bo‘linmalarda ishchi-xodimlar bilan tashkil etilgan davra suhbatlari davomida batafsil ma'lumotlar yetkaziladi hamda ularga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi namunadagi kasaba uyushma bileti topshiriladi. Shuni alohida aytib qo‘yish joizki, kasaba uyushma guvohnomasida ko‘rsatilgan kasaba uyushmasidagi staji ba'zi kafolatlardan imtiyozli shartlar asosida foydalanish imkoniyatlarini yaratib beradi.

U.Djalilova,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba

uyushmasi apparatining tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech