Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bundan roppa-rosa 71 yil avval aholisi 6700 nafar bo‘lgan, bunyod etilayotgan mis kombinati hududida qad rostlayotgan shaharga Oliy Kengash Rayosati qaroriga asosan, viloyatga bo‘ysinuvchi shahar maqomi berildi.
Bugunga kelib esa Olmaliq yirik sanoat markazi hisoblanib, bu o‘nlab maktab va maktabgacha ta'lim tizimini mujassam etgan rivojlangan xalq ta'limi sohasi hamda poliklinikalar, tug‘ruq majmuasi va ixtisoslashgan kasalxonalarni o‘z ichiga olgan istiqbolli markaz hisoblanadi.
Bugun Olmaliq shahrining 71 yilligi arafasida "Metallurg" madaniyat saroyida "Olmaliq KMK" AJ faxriylar Kengashi uchun bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida kombinat faxriylari e’tiboriga shahar, uning shakllanishi haqida videorolik taqdim etildi. Mehmonlar videorolikni tomosha qilib, shaharning barcha o'zgarishlari va rivojlanishiga guvoh bo'lishdi, go’yoki, o'tmishga – bolalik davrlariga qaytishdi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi kutubxonachisi, faxriy Lyudmila Sherban Olmaliq shaxrining tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar, shahar aholisining yutuqlari va o'ziga xos xususiyatlari bilan o'rtoqlashdi.
Tadbir ishtirokchilariga "Metallurg" MM badiiy havaskorlik jamoalari yorqin chiqishlari bilan bayramona kayfiyat bag'ishlandi.
Axborot xizmati