• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Metallurg” MSda Shimoliy rus xalq xori konserti tashkil etildi

24 Noyabr 2023, 13:54 212

“Metallurg” madaniyat saroyida Rossiya fasllari xalqaro loyihasi doirasidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Rossiya madaniyati va san'ati bilan boshqa xalqlarni tanishtirish maqsadida turli o‘lkalarda har yili “Rossiya fasllari” xalqaro loyihasi o‘tkazib kelinadi. Bundan maqsad, rus xalqining boy madaniy merosi, an'analarini saqlash va uni rivojlantirishdir.

Kuni-kecha ana shu loyiha doirasida “Metallurg” madaniyat saroyida Davlat akademik Shimoliy rus xalq xori jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston hukumati va Rossiy madaniyat vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu madaniy loyiha doirasida klassik musiqa konsertlari, teatr tomoshalari, kinofestivaalr, badiiy ko‘rgazmalar va ta'lim loyihaari namoyish etilmoqda.

Shimoliy rus xalq xorining 100 yilligiga bag‘ishlangan katta gastrol doirasida Arxangelsk viloyati san'atkorlarining Olmaliqqa tashrifi barcha hamshaharlarimizga bir olam zavq bag‘ishladi.

-  Ushbu xor jamoasi 30 yil ichida birinchi marta O‘zbekisonga tashrif buyurdi.Bu haqda jamoaning badiiy rahbari Svetlana Ignat'eva, bosh baletmeyster Tatyana Gvozdevalar shunday deydi:

-  Shimoliy rus xalq xori Arxangelsk viloyatida deyarli yuz yil oldin tashkil topgan noyob badiiy jamoadir. O‘tgan yillar davomida bu jamoa o‘z faoliyatini to‘xtatmay, yangi an'analar va ovozlar bilan yanada boyib bordi.

Shu kuni “Metallurg” madaniyat saroyiga yig‘ilan olmaliqliklar va shahrimiz mehmonlari shimolning iliq ruhini his qildilar. “Oq dengizning qo‘shiq nuri” konsert dasturidan Arxangelsk viloyatida mavjud bo‘lgan betakror va yorqin qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech