• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Metallurg”dagi bolajonlarga quvonch ulashildi

16 Iyul 2024, 10:15 259

Oromgohlarda dam olayotgan bolajonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilayotgan “Bolalarga quvonch ulashaylik” nomli tadbirning navbatdagisi joriy yilning 12-iyul kuni Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Metallurg” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida bolajonlar “Eng yaxshi stilist”, “Eng yaxshi dizayner”, “Eng yaxshi rassom”, “Eng yaxshi ijodkor” kabi tanlovlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

“O‘yla, izla, top!”, “Eng bilimdon kitobxon” kabi viktorinalarda esa bolajonlarning aqliy qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

“Eng yaxshi pazanda” tanlovida bolajonlar oshpazlik mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.

“Quvnoq startlar” va “Sportda kuchlilar bellashmoqda!” shashka kabi sport musobaqalarida esa dam oluvchilarning chaqqonliklari sinaldi.

“Sog‘lom psixologik muhit” interfaol o‘yini hamda “Yosh yulduzlar” tanlovi ham yorqin lahzalarga boy bo‘ldi.

Tadbirlarda ishtirok etgan mehnat faxriylari ham bolajonlar bilan sport musobaqalarida bellashdilar.

Tanlov va sport musobaqalarining g‘oliblariga sprot anjomlari, turli xil o‘yinchoqlar tuhfa etildi.

U.Djalilova,

"Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi apparati

tashkiliy ishlar buyicha yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech