• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Metallurglar sport musobaqasida

17 Avgust 2023, 15:13 517

Mis eritish zavodining 60 yillik yubileyi munosabati bilan ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning 4 ta turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Jumladan, darts bo`yicha ayollar oʻrtasidagi bahslarda kuchli uchlikdan Dilyara Useinova, Umidaxon Alimova, Karima Boymirzayevalar joy olishdi.

100 metrga yugurishda esa Nazokat Kupyasharova marraga birinchi boʻlib etib keldi.

Shaxlo Andreeva 2-oʻrinni, Rezida Yusupova 3-oʻrinni egalladi.

Skakalkada sakrash bahslarida esa Elmira Surikova, Nodira Beknazarova, Nasiba Shodmanova gʻoliblar safidan joy olishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi darts boʻyicha bahslarda Alijon Mustafaqulov, Axror Xatamov, Ibrat Toirovlarga teng keladigani topilmadi.

Turnikka tortinish bo’yicha bahslarda esa Sergey Pikulin, Sohib Egamberdiyev, Shaxzod  Norinovlar sovrindorlar safidan joy olishdi.

100 metrga yugurish estafetasida esa Alijon Mustafaqulov, Doniyor Rahmatullayev, Shaxzod Norinovlar marraga birinchilardan boʻlib etib kelishdi.

G‘oliblarga MEZ kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

Ikrom Asanbayev,

MEZ sport yo‘riqchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech