"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida qurilayotgan yangi metallurgiya majmuasiga dunyoning ilg‘or kompaniyalari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish maqsadida, OKMK va Metso (Germaniya, Finlyandiya) kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2024-yilning 9-avgustida EP shartlari bo‘yicha uskunalar va loyiha xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Metso kompaniyasi tomonidan eritish pechi hamda sulfat kislotasi sexi uchun uskunalar yetkazib beriladi va ishchi hujjatlari ishlab chiqiladi.
Ma'lumot uchun: Yangi metallurgiya majmuasining rejalashtirilgan yillik ishlab chiqarish quvvati 300 000 tonna mis katodi va 1,8 mln tonna sulfat kislotasini tashkil etadi.
OKMK Axborot xizmati