• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Milliy qadriyatlar festivali

24 Mart 2022, 12:29 883

2022-yil 23-mart kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining madaniyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Xush kelibsan Navro‘zi olam!” shiori osti xalq milliy o‘yinlari festivali tashkil etildi.

“Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan festivalda kombinat bo‘linma va tashkilotlari jamoalari milliy qadriyatlarimiz aks etgan fol'klor chiqishlarni zo‘r ijro bilan namoyish etishdi. Ayniqsa, “Kim oladi-yo shuginani-yo” milliy qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi, “Yong‘oq urdi” o‘yinlarini olib chiqqan Rux zavodi, shuningdek, “Polvonlar jangi” chiqishi bilan olqishlarga sazovor bo‘lgan Mis boyitish fabrikasining jamoalari tahsin va e'tiroflarga loyiq ko‘rildi.

Festival yakunlariga ko‘ra, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi g‘olib sifatida e'tirof etildi.

Festival davomida Mis eritish zavodi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi vakillari tomonidan tayyorlangan laparlar ham tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Festival g‘oliblari va ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Farog‘at Matkarimova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashining madaniyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech