• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Milliy sport mukofoti-2023”da OKMK e'tirof etildi

25 Dekabr 2023, 9:0 632

Joriy yilning 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi "Renessans Hall" majmuasida “Milliy sport mukofoti-2023” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-yil davomida sport sohasida nufuzli yutuqlarga erishgan sportchilar, murabbiylar va soha vakillari taqdirlanishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham e'tirof etildi.

Tadbirda “Paralimpiya harakatini qo‘llab quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘olibi sifatida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga maxsus statuetka va diplom taqdim etildi.

Mazkur sovrinni OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov qabul qilib oldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech