Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Kuni kecha Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi erkak ishchi-xodimlari o‘rtasida “Mini futbol” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Jamoaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqa kuchli raqobat va yuqori sport ruhida o‘tdi.
Musobaqada Obodonlashtirish uchastkasi, OKMK sport majmuasi, “Metallurg” madaniyat saroyi, Ta’mirlash uchastkasi, IOB ma’muriyati, MTT va Akvapark ishchi-xodimlari jamoalari gʻoliblik uchun o‘zaro kuch sinashdilar
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Ta’mirlash uchastkasi jamoasi egalladi.
2-o‘rin IOB ma’muriyati jamoasiga nasib etdi.
1-o‘rinni MTT va Akvapark jamoasi qoʻlga kiritib, musobaqa gʻolibi sifatida e’tirof etildi.
G‘olib jamoalar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Farxod Usvaliyev,
IOB sport yoʻriqchisi