"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida sport turlarini rivojlantirish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilayotgan sport musobaqalari shiddatli bahslarga boy bo‘lmoqda.
Kuni kecha ayollar spartakiadasi doirasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqa ham keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
Musobaqada Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati hamda Kovuldi koni jamoalari ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.
Barcha uchrashuvlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, raqiblaridan ustun kelgan Mis boyitish fabrikasi jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.
Feruz Musayev,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi sport va
jismoniy tarbiya bo‘limi mudiri o‘rinbosari