"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Mis boyitish fabrikasida favqulodda holatlarni oldini olish bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda "Olmaliq KMK" AJ Fuqaro muhofazasi otryadi, Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, OKMK ob'yektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi shaxsiy tarkibi, Mis kompleksini qo‘riqlovchi harbiy qism, fabrika tibbiyot punkti xodimlari va ko‘ngilli drujinalar a'zolari etishdi.
Tadbirda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda soha vakillari qanday harakat qilishi baholandi. Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda jabrlanlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ishchi-xodimlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Sodir bo‘lgan yong‘in zudlik bilan bartaraf etildi.
Mashg‘ulot yakuniga ko‘ra, mis boyituvchilarga qoniqarli bahosi qo‘yildi. Mashg‘ulotda ishtirokchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlashi lozimligi aytib o‘tildi.
B. Mingboyev,
MBF qimmatbaho metallar saqlanishi va FM bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b.