Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 22-avgust kuni “Mis eritish zavodi kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati ish tajribasi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari Omonqul Beknazarov, Tibbiy xizmat boshlig‘i Abdujabbor To‘xtaboyev va MEZ bosh muhandisi Islom Umaraliyev hamda kombinat tarkibiy bo‘linmalarining kasaba uyushmasi qo‘mitalari va komissiyalarning raislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi qoshida faoliyat yuritayotgan 8 ta yo‘nalishi bo‘yicha komissiyalarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari tahlil etildi.
Zavod kasaba uyushma a'zolari soni ayni paytda 3167 nafarni tashkil etib, shulardan 2678 nafari ishchilar, 489 nafari - ishlamayotgan pensionerlarni tashkil etadi. Zavodda 14 ta sex faoliyat yuritib keladi. Hamma sex tashkilotlarida sex kasaba uyushma qo‘mitalari raislari saylangan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Qo‘mita a'zolari soni - 9 nafar bo‘lib, kasaba uyushmasi tarkibiga saylangan barcha a'zolar faoliyat ko‘rsatib kelayapti. Komissiyalar tarkibi to‘liq shakllangan.
Kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini ish rejasi asosida tashkil etgan bo‘lib, o‘rganilgan davr mobaynida ko‘zda tutilgan tadbirlar, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Komissiyalar o‘z faoliyatini ish rejalari asosida tashkil etgan. Komissiyalar 2023-yilning I yarim yillik yakuni bo‘yicha hisobotlarini zavod kasaba uyushma qo‘mitasiga taqdim etgan. Ish rejasiga muvofiq ko‘zda tutilgan tadbirlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan kasaba uyushma a'zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari “OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining moddiy yordam ko‘rsatish Nizomi” talablari asosida tartibga solinmoqda. Mehnat taqsimlash xonalari 19 ta bo‘lib, har birining faoliyati savolnoma bo‘yicha o‘rganib chiqilgan. Kasaba uyushma burchaklari talab darajasida jihozlangan, u yerda ishchi-xodimlarni qiziqtirgan imtiyoz va kafolatlar haqida, e'lonlar va kasaba uyushmasi haqida boshqa ma'lumotlar joylashtirilgan. Kasaba uyushma faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi, 6 oy davomida 17 ta maqola va xabarlar ommaga taqdim etilgan.
Seminar qatnashchilari zavod ishchi-xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqishdi.
Bundan tashqari, tadbirda har bir komissiya faoliyati ham tahlil etildi. Tadbirda ishchi-xodimlar va faollar o‘z takliflarini bildirishdi.
Seminar davomida sex qo‘mitalari raislari tomonidan bildirilgan taklif va savollar yuzasidan muddatlar va chora tadbirlar belgilanib olindi.
Umida Djalilova,
“Olmalik KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasining tashkiliy ishlar boʻyicha komissiya raisi