• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mis eritish zavodida navbatdagi kafedra filiali o‘z ishini boshladi

09 Noyabr 2023, 9:22 1289

Avval xabar berilganidek, Ishlab chiqarish va ta'limni integratsiya qilish maqsadida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida MTTU MISiS Olmaliq filiali kafedralarining filiallari tashkil etilmoqda.

Ana shunday kafedra filialining navbatdagisi kuni kecha Mis eritish zavodida o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu filialning ochilishi marosimida MTTU MISiS Olmaliq filiali professori Mahmudjon Yaqubov, oliygoh o‘qituvchilari, Mis eritish zavodi bosh muhandisi Islom Umaraliyev, O‘quv markazi mas'ullari va talabalar ishtirok etishdi.

- “Metallurgiya”, “Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi dual ta'lim tizimi asosida tashkil etilib, unda talabalar ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganadi. Sanoat agregatlarining qanday ishlashini, shixta tayyorlash ishlarini, tayyor mis katodlari qanday quyilishini, shixtani pechlarga yetkazib berish jarayonini yaqindan kuzatishadi. O‘qishni tamomlaguncha talabalar tayyor mutaxassis sifatida ishlab chiqarish jarayoniga borishadi, deydi - M.Yaqubov.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi kafedra filiallari Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Rux zavodida tashkil etilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech