Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33OKMKda ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bardavomlik kasb etmoqda.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘rtasidagi dual ta'lim tizimi bo‘yicha hamkorlik doirasida Mis eritish zavodida oliygohning Metallurgiya kafedrasi o‘z faoliiyatini boshladi.
Joriy yilning 31-yanvar kuni ushbu kafedra filialining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘quv markazi, oliygoh va MEZ mas'ullari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan mas'ullar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida tashkil etilayotgan bu kabi kafedralar talabalarni nazariy bilim olishlari bilan birga amaliyot davomida o‘z kasbiy ko‘nikmalarini tezroq egallashlari hamda ishlab chiqarish jarayoniga moslashishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Hamkorlik doirasida Mis eritish zavodida metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ayni kunlarda 17 nafar talabalar sinovdan o‘tkazilib, kombinat ichki ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotga qabul qilingan.
Ma'lumot uchun: Shu kungacha 2-Mis boyitish fabrikasida, Qalmoqqir kon boshqarmasida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining kafedralari tashkil etilgan.
Bundan tashqari, Rux zavodi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarida ham Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali kafedralari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Baxtiyor Niyazmetov,
O‘quv markazi Kadrlar tayyorlash va
qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari