Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mis erituvchilar sport musobaqalarida bellashishdi

12 Dekabr 2025, 9:54 140

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Mis eritish zavodida bir qator sport musobaqalari tashkil etildi.

Jumladan zavodning Metallurgiya sexida xotin-qizlar o‘rtasida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada sexning turli bo‘limlarida mehnat qilayotgan faol va tashabbuskor xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Qizg‘in kechgan bahslarda uchinchi o‘rinni  Maydalash va shixtalash bo‘limi operatori Sh.Andreyeva egalladi.

Ikkinchi o‘rin Metallurgiya sexi ish taqsimlovchisi D.Xamrayevaga nasib etdi.

Eritish bo‘limi qurituvchisi Z.Babajanova g‘olib bo‘ldi.

Zavodning Oltin va kumushni affinajlash sexida esa sportning darts turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi.

Musobaqada o‘z merganligini namoyon etgan qurituvchi A.Tursunov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Erituvchi S.Usmonxojdayev ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Yuvinish xonasi ishchisi O.Almatova uchinchi o‘rinni band etdi.

Mis elektrolizi sexida shashka bo‘yicha tashkil etilgan bahslar ham qiziqarli bo‘ldi.

Musobaqada elektrolizchi M.Ermatov birinchi o‘rinni egalladi. Elektromontyor I.Kenjayev ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Elektrolizchi A.Ashirbayevga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash mexnika sexi ishchi-xodimlari o‘rtasidagi darts musobaqasida esa R.Yusupova(tabelchi), Sh.Chiniboyev va S.Mamazakirov(elektrgazpayvandchilar)lar kuchlik uchlikdan joy olishdi.

Sulfat kislotasi sexi ishchi-xodimlari o‘rtasida esa shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda, elektromontyorlar E.Saytmuratov, J.Yo‘ldoshev, apparatchi Sh.Qodirova sovrindor bo‘lishdi.

Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Sanobar Norinboyeva,

MEZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech