"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Har qanday mahsulotning yuqori sifatli ekanligini, xalqaro standart talablariga javob berishini muvofiqlik sertifikatlari belgilab beradi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mis katodiga berilgan muvofiqlik sertifikati ham ushbu mahsulotning standart talablariga javob berishini, yuqori sifatga egaligidan dalolat beradi.
Kombinatning mis katodi mahsulotiga joriy yilning 25-iyul kuni muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-noyabrdagi 683-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida kombinatimiz mutaxassislari tomonidan sertifikatlashtirish ishlari olib borildi va sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu sertifikat mis katodining «Metallurgiya maxsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglament va GOST 546:2001 standarti talablariga to‘liq javob berishini tasdiqlovchi hujjatdir.
Hozirda mis katodi mahsuloti xaridorlarga “UzStd” belgisi tushirilgan yorliqlar bilan yuborilmoqda.
Axborot xizmati