• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mis sanoati klasterini rivojlantirish vazifasi ijrosi amalda

08 Noyabr 2022, 13:6 729

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mis sanoati klasterini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorining yo‘l xaritasiga ko‘ra, mis sanoati klasteriga aloqador bo‘lgan mutaxassislar xorij va mahalliy turdosh korxonalarda amaliyot o‘tashi belgilangan.

Ushbu vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari Navoiy kon-metallurgiya kombinatida navoiylik mutaxassislar esa OKMKda amaliyot o‘tashmoqda.

Shunga binoan “Navoiy KMK” AJning 10 nafar muhandis-texnik xodimlari 1 haftalik qisqa muddatli amaliyot o‘tashdi.

Jumladan navoiylik mutaxassislar 2-Mis boyitish fabrikasi, Rux zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Markaziy tahlil laboratoriyasi va Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida bo‘lishib, texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Amaliyot davomida mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Bu kabi hamkorlik aloqalari davom etadi.

G‘ayrat Salimboyev,

O‘quv markazi katta ustasi

Bo`lishmoq:
Text to speech