• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Misni elektroliz qilish sexi

04 Dekabr 2023, 9:5 547

Mis eritish zavodining 60 yilligiga

“Olmaliq KMK” AJ Mis eritish zavodining eng keksa sexlaridan biri bo‘lgan Misni elektroliz qilish sexining birinchi navbatini qurish ishlari 1964-yilning sentyabrida yakuniga yetkazildi, keyingi yil boshida esa sexning ikkinchi navbati ham foydalanishga topshirildi. Tarkibi 99,99% misni tashkil etuvchi katod misi hamda qimmatbaho va kamyob metallar olinishi uchun xom ashyo hisoblanuvchi mis elektrolit shlamlari sexning tayyor mahsulotlari hisoblanadi.

Yaxshi elektr o‘tkazuvchan, egiluvchan yuqori tozalikdagi mis va unga yo‘ldosh sifatida qimmatbaho va kamyob metallar (oltin, kumush, selen, telur)ning saralab olish sex ishlab chiqarish faoliyatining asosini tashkil qiladi. Katodli mis olishning texnologik jarayonlari katodli aso slar ishlab chiqarish va mis katodi ishlab chiqarishlariga bo‘linadi. Xususan, dastlabki geometrik o‘lchamlar va kimyoviy tarkibi tekshiruvlaridan o‘tkazilgan olovli raffinajlangan anod mislarining vannalarga yuklanib, elektrolit eritmalari quyilgan holda eritilishi orqali ajratib olingan katodli mislar kombinatning yakuniy mahsuloti hisoblanadi.

Bundan tashqari, sexning misni elektrolitik raffinajlash hisobiga olingan shlamlaridan Oltin va kumushni affinajlash sexida oltin, kumush, selen va telurlar saralab olinadi. Aylanma materiallari esa yana qayta ishlanishi uchun Metallurgiya sexiga jo‘natilib boriladi.

Misni elektroliz qilish sexining Jahongir Qodirov rahbarlik qilib kelayotgan tayyor mahsulotlarga ishlov berish va komplektasiyalash bo‘limi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tish zarur bo‘ladi. Bo‘lim OUTO KUMPU qadoqlash liniyasi bilan jihozlangan bo‘lib, mazkur uskuna yordamida soatiga 350 dona katodlar qadoqlab boriladi.

Misni elektrolizlash sexida qator yillar davomida o‘z mehnat faoliyatini olib borgan zahmatkash faxriylar, umidli yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, jamoada uzoq yillar mehnat qilib, hozirda qarilik gashtini surayotgan suvli eritmalar elektrolizchilari Abduhoshim Yergashev, Begimqul Berdiev, Sergey Udiryakov, Valeriy Ustinov, Egamberdi Rahmonov, elektrolit tayyorlovchi apparatchi Mamlakat Tangirova, katodchi Doniyor O‘sarov, kran mashinisti Lyubov Gorodkova, matrisa listlariga ishlov beruvchi Irina Mushtalarning sex yutuqlaridagi xizmatlari beqiyos. Suvli eritmalar elektrolizchilari Nizomiddin Eshmatov, Marat Kamartdinov, Zuhriddin Qodirqulov, Rahmatulla Abdukarimov, Muzaffar Ermatov, Denis Malinnikov, Kamoliddin Qo‘shmatov, Sunnatilla Qulmatov, Tursunboy Safarov, katodchilar Mirzadulla Xolbayev, Faxriddin Nazarov, Obidjon Jo‘raqulov, kran mashinistlari Ravil Minixuzin, Gavhar Ismoilova, apparatchilar Shohista Nurmatova, Mavjuda Mengliboyeva, chilangar-ta'mirlovchilar Vladimir Groshev, Ruhiddin Hamidov, elektromontyorlar Asatilla Abdukarimov, Abdumajid Hamdamov singari katta tajriba egalari esa ayni damda jamoa faxriga aylanishgan. Ular izidan borib, har jabhada faollik ko‘rsatayotgan suvli eritmalar elektrolizchilari Azamat Ashirboyev, Sarvar Sulaymonov, Begzod Inomov, Sardor Igamberdiyev, Rustam Abduqodirov, katodchilar Abdurauf Abdusamadov, Farrux Saydaliyev, matrisa listlariga ishlov beruvchi Shohruh Noyobov, Muqaddas Haydarova, kran mashinistlari Ruhiddin Ergashev, Akbarali Sayfiddinov, chilangar-ta'mirlovchi Javlon Anorboyev, elektromontyorlar Samandar Yo‘ldoshev va Mirjalol Mirahmatovlar nomlari alohida e'tirofga sazovordir.

Yaqin yillarda “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish va yangi 3-Mis boyitish fabrikasini ishga tushirish hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarining oshishi yiliga 500 ming tonna mis katodi ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi Misni elektrolizlash sexini ishga tushirishni taqozo etadi. Bu borada esa loyiha hujjatlarini tayyorlash rejaga kiritilgan.

Abbos AZIZOV,

MES boshlig‘i v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech