• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mo‘jaz sexning zalvorli vazifalari

26 May 2023, 13:29 603

Ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga xususan og‘ir sanoatga qo‘llash borasida kimyoga yetadigani yo‘q. Yuqori ko‘rsatkichlar bilan o‘z faoliyatini olib borayotgan OKMKda ham kimyoviy laboratoriyalar natijadorlikni ta'minlab kelmoqda. Kimyogarlar bayrami arafasida Ijodiy jamoamiz, Issiqlik elektr markazining mo‘jaz bo‘linmasi Kimyoviy tozalash sexida bo‘ldi.

Suv va bug‘ning ham sifati bo‘ladimi, suvga ishlov berayotgan mana bu odamlarni kuzata turib aynan shu savol bizni qiziqtirdi. Albatta, ulkan quvurlardan tonnalab suv o‘tib, bug‘ hosil qilinar ekan, sifat masalasi butun boshli Issiqlik elektr markazi faoliyatining asosi sanaladi.

Ushbu jihat esa 15 kishilik mehnat jamoasi, kimyogarlar tomonidan nazoratda.

Kimyoviy suv tozalash sexi. Mo‘'jazgina bo‘lgan ushbu sexda soatiga 100 tonnaga yaqin artezian suvlariga ishlov berilib, markazning qozon trubina sexi hamda Rux zavodiga yuboriladi.

Sexda 9 ta filtr mavjud bo‘lib, 5 tasi 1-bosqichda yana 4 tasi esa 2- bosqichda suvni yumshatadi.

Ahamiyatlisi shundaki, kalsiy va magniy tuzlarining hisobiga ushbu uskunalar dastlab 3700 mikrogramm ekvivalent litr qattiqlikdagi suvni qabul qilib, katta foizlarda, ya'ni dastlab 10 mikrogrammgacha 2- bosqichda esa 5 mikrogrammgacha yumshatib beradi.

Bu jarayonda esa filtrlardan o‘rin olgan natriy kationidning ishtiroki ahamiyatlidir. 

Sexning jonkuyar kimyoviy suv tartibi ustasi Risqi Qo‘chqorova juda muhim bo‘lgan bu jarayonlar o‘z navbatida qiziqarli ekanligini ta'kidlaydi. 

Shu tariqa kerakli miqdorda tozalangan suvni belgilangan manzilga jo‘natish bilan faoliyat yakunlanmaydi. Tezkor xodimlar har 2 soatda uzluksiz, qozon trubina sexidagi suvning ishqoriyligini tekshirib turadi. Kimyogarlar tilida esa bu tekshiruv suyuqliklari renoftalin, metil oranj deb ataladi. Shuningdek, kimyogarlar suv quvurlaridan namunalar olib, qurum va cho‘kmalarni ham nazoratdan o‘tkazadi.  Shu tariqa markazni kerakli miqdorda sifatli suv bilan ta'minlab kelayotgan sex xodimlarini bugungi faoliyati e'tiborga loyiq, Markazning ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Farrux Sultonov ular bizning ko‘zimiz va qulog‘imiz deydi.

Kimyoviy tozalash sexining roli markaz faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bug‘ qozonlariga uzatilayotgan ta'minot suvi kimyoviy jarayonlardan o‘tgan sifatli suv hisoblanadi. Shuningdek kombinat tarkibiy korxonalariga ham yuborilayotgan ichimlik suvi va bug‘ sifatini ham sex jamoasi nazorat qilib boradi. Yani bir ahamiyatli jihati shahar aholisi uchun beriladigan ichimlik suvi sifati nazoratiga ham sex mehnat jamoasi mas'ul.

May oyining oxirgi yakshanbasi yurtimizda kimyo sanoati xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Favqulodda o‘zgarishlar, yangiliklarga tashna bo‘lgan mutaxassislarimizga bayram muborak bo‘lsin.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech