Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mis eritish zavodi Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi tomonidan joriy yilning 12-noyabr kuni bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha prognozlarni muddatidan avval bajarishga erishildi.
Sex boshlig‘i Izzatulla Daniyarovning ma'lum qilishicha, sex oldiga bu yilda 2203,3 tonna yarim tayyor molibden kuyindisi ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, amalda esa 2495,4 tonna ushbu mahsulot tayyorlandi.
Shuningdek, 795,3 tonna molibden ishlab chiqarilib, 2024 yilga belgilangan prognoz muddatidan avval bajarildi.
Sex jamoasi oldiga joriy yil uchun 793,2 tonna ushbu mahsulotni ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan edi.
Mehnat jamoasining texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilishi hamda sexda amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari natijasida mana shunday yuqori mehnat samaradorligiga erishildi.
Axborot xizmati