• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Molibden rejasi muddatidan avval bajarildi

05 Dekabr 2022, 15:7 632

Mis boyitish fabrikasidan yana bir xushxabar keldi.

Fabrikaning mis molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi jamoasi molibden ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z oldilariga qo‘yilgan yillik vazifani muddatidan avval bajarishga erishdi. Jumladan, sexning oldida 696,1 tonna molibden ishlab chiqarishi rejasi qo‘yilgan edi. Amalda esa sex mehnat jamoasi tomonidan 740,1 tonna molibden ishlab chiqarilib,reja 106,3 %ga bajarildi.

Rudadagi molibden tarkibi yuqori kelgani va mehnat jamoasining unumli harakati evaziga ushbu natijalarga erishildi.

Sh.Yuldoshev,

Fabrika ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech