Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 29-31 oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste'molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida navbatdagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kurslarida, "Taxiatosh issiqlik tarmoqlari" MChJ, "O‘zbekistan temir yo‘llari Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK, “Uztransgaz” AJ "Urganchtransgaz" UK, "Chirchiq issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonasi" UK, Samarqand temiryo‘lni energiya bilan ta'minlash, “Kommunallik issiqliq" DUK, "Olmaliq issiqlik manbai" MChJ, "Muborakneftgaz-Suvta'minot" MChJ, "Chimgan-chorbog‘ suv ta'minoti" MChJ, “Yashil energiya” MChJ kabi korxonalari vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, OKMK vakillari ham ushbu o‘quv kursida qatnashishdi.
Mazkur o‘quv kurslarda Birja savdolarida manipulyatsiya harakatlari va turlari hamda uni sodir etganlik uchun javobgarlik va huquqiy choralar hamda Davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat yordami, xususan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, eksklyuziv huquqlar taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘quv kursi yakunida tinglovchilar o‘rtasida monopoliyaga qarshi komplaens sohasini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan so‘rovnomlar o‘tkazilib, mazkur masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari birgalikda muhokama qilindi. O‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste'molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi rahbari Olimjon Jumaev tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
Axborot xizmati