• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Moviy tog‘lar” dam olish maskani – zamonaviy qiyofaga keltirildi

17 Oktyabr 2022, 16:47 7228

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan ishchi-xodimlarning ijtimoiy himoyasi doimo ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ayniqsa, joriy yilda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida bir qator amaliy ishlar bajarildi. Kuni kecha kombinat tasarrufidagi “Moviy tog‘lar” dam olish maskani to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur dam olish maskani 1975-yilda qurilgan bo‘lib, xushhavo Qurama tog‘lar bag‘rida joylashgan. Umumiy maydoni 21 gektarni tashkil etadi. Qurama tog‘lar tizmasining o‘rtacha balandligi 3 km, eng baland cho‘qqisi esa 3767 m. Yana bir muhim jihat, ushbu tog‘ning cho‘qqisida doimiy ravishda qor bo‘lib, ushbu qor uzunligi 236 km bo‘lgan Ohangaron(Angren) daryosining suv manbai hisoblanadi.

Rekonstruksiya ishlari doirasida “Moviy tog‘lar” dam olish maskanida ilgari mavjud bo‘lgan 16ta uychalar (kemping) o‘rnida 31ta zamonaviy kottejlar qad rostladi. Jami 126 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu kottejlarda barcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir kottej oldiga yozgi oshxona va supa (tapchan) o‘rnatildi. Maskan ichimlik suvi, oqova hamda isitish tizimi bilan ta'minlandi. Ushbu maskanga tashrif buyurgan dam oluvchilar, ularning oila a'zolarini vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bolalar maydonchasi, mini-futbol maydoni, yozgi musiqiy-ko‘ngilochar maydoni bunyod etildi. Tegishli bo‘lgan hudud obodonlashtirilib, ko‘p yillik manzarali gul va daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida “Ucell” uyali aloqa kompaniyasining oxirgi avlod antennalari o‘rnatildi. Barcha muhandislik-kommunikatsiya tizimlari yangilandi.

E'tiborlisi, “Moviy tog‘lar” dam olish maskani avvallari ishchi-xizmatchilar va ulurning oila a'zolariga faqat yozgi mavsumda xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda yil davomida ishlaydi.

 OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech