Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 8-iyul kuni “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida ta'lim muassasasi bitiruvchilariga diplomlar topshirish tantanali marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda MTTU “MISiS”rektori Alyevtina Chernikova, "Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov, MTTU “MISiS” Olmaliq filiali direktori Farhodbek Umarov va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi. Oliy o'quv yurti va OKMK rahbariyati bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirib, ularni o'qishni muvaffaqiyatli tamomlaganligi va hayotda yana bir yangi muhim bosqichga qadam qo’yayotganligi bilan tabrikladi.
Tadbirda turli raqs va estrada guruhlari, ayniqsa "Sahar" musiqiy guruhining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat bag'ishlandi.
Ma'lumot uchun: bu yil mazkur filialni 92 nafar bitiruvchi “Metallurgiya va texnologik jarayonlar” va “Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yo'nalishlari bo'yicha universitetni tamomlaganligi to'g'risida diplom oldi.
Axborot xizmati