• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muammolar yechimi muhokamada

25 Oktyabr 2022, 8:59 1482

Ma'lumki, OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan Ohak zavodida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi  o‘rganilgan edi.

Joriy yilning 18-oktabr kuni ushbu o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, mas'ul rahbarlar, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berilib, muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati o‘rganish davomida barataraf etilgani qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda Ohak zavodi hududidagi ishchi-xodimlar uchun mo‘ljallangan oshxona va yuvinish xonasini kengaytirish bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berildi.

Ishchi-xodimlar bilan doimiy ravishda ochiq muloqotlar o‘tkazish, zavodning barcha sex va uchastkalarida murojaatlar qutisi o‘rnatilishi, doimiy ishchi guruhi vakilining bevosita ishtirokida haftada bir marotaba murojaatlar qutisini ochib o‘rganilishi kabi takliflar bildirildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech