• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Muhandislarga ichki auditorlik o‘quv kurslari tashkil etildi

14 Fevral 2022, 12:38 1128

 “Olmaliq KMK” AJning 2021-yil 01-iyundagi “KPMG" xalqaro konsalting kompaniyasining OKMKning aksiyalarini birlamchi joylashtirish (IPO)ga tayyorligini baholash bo‘yicha tavsiyalarini va kombinatni transformasiya qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida'gi 723-sonli buyrug‘iga asosan ISO 45001:2018 “Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta'minlash menejmenti tizimi" xalqaro standartini tadbiq etish maqsadida “Global Management Consult” kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan “Olmaliq KMK” AJ xodimlarini “Ichki auditor" bo‘yicha o‘qitish belgilangan.

Ayni kunlarda "Global Management Consult” kompaniyasi tomonidan ichki auditorlik o‘qitish tashkil etilgan.

O‘quv kurslari 2 guruhga bo‘lingan holda olib boriladi. 1-guruhga o‘quv kurslari 2022-yilning 14-15 fevral kunlari hamda 16-fevral kunining ikkinchi yarimigacha ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkillashtiriladi.

Ikkinchi guruhga esa mashg‘ulotlar 16-fevral kunining ikkinchi yarimidan va 17-18-fevral kunlari tashkil etiladi.

O‘quv mashg‘ulotlarida kombinat tarkibiy bo‘linmalari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandislari ishtirok etishmoqda.

Mashg‘ulotlar tugaganidan so‘ng,  tinglovchilarga ISO 45001:2018 Sog‘liqni saqlash va xavfsiz mehnatni ta'minlash tizimi ichki auditori  sertifikat beriladi.

Iroda Almatova,

OKMK Ijro apparati Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofzasi bo‘limi muhandisi

 

Bo`lishmoq:
Text to speech