Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mukofot muborak!

27 Avgust 2026, 9:25 42

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Olmaliq KMK” АJ boshqaruv raisi Аbdulla Xursanovga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni tantanali ravishda topshirildi.

Hurmatli Аbdulla Xolmuradovich!

“Olmaliq KMK” АJning koʻp ming kishilik ahil mehnat jamoasi nomidan Sizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yuksak davlat mukofoti — “Fidokorona xizmatlari uchun”ordeni bilan taqdirlanganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Davlatimiz rahbari tomonidan Sizga topshirilgan ushbu yuksak mukofot koʻp yillik samarali mehnatingiz, kombinatni rivojlantirish va mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish yoʻlidagi fidoiyligingizning munosib eʼtirofidir.

Sizning rahbarligingizda kombinatimiz ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritib, yangi marralarni zabt etmoqda.

Boshchiligingizda amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar, zamonaviy mis klasterini tashkil etish va togʻ-kon sanoatini modernizatsiya qilish boʻyicha islohotlar iqtisodiyotimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi zafarlar yor boʻlishini tilaymiz! Xalqimiz va kombinatimiz farovonligi yoʻlidagi fidokorona mehnatingiz hamisha qadr topsin!

Hurmat va ehtirom bilan
Olmaliq KMK” АJ mehnat jamoasi

Bo`lishmoq:
Text to speech