• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mukofotlar muborak, aziz hamkasblar!

28 Avgust 2023, 9:19 860

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e'lon qilindi.

Mukofotlangan yurtdoshlarimiz orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlarining ham borligi barchamizga quvonch bag‘ishlaydi.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish loyihasi direktorining birinchi o‘rinbosari Staroverov Oleg Vladimirovich mukofotlandi.

Bundan tashqari, Rux zavodi tanlab eritish sexi gidrometallurg-apparatchisi Merganov Xakimjan Ergashevich - “Mehnat shuhrati” ordeni bilan,

Texnologik transport boshqarmasining “BelAZ” haydovchisi, Maxmudov Sanjar Qodirovich - “Shuhrat” medali bilan mukofotlanishdi.

Barcha kombinat ishchi-xodimlari nomidan ushbu yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib qolamiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech