Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Texnologik transport boshqarmasida mehnat qilayotgan “BelAZ” avtosamosvali haydovchilari o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, avtoshinalarning foydalanish muddatidan ko‘p masofa bosib o‘tgan haydovchilar taqdirlanishdi.
Jumladan, 67709 km masofa bosib o‘tgan B№ 105 ekipaji haydovchilari g‘olib deb topildi.
61872 km masofa yo‘l bosgan B№ 103-ekipaji haydovchilari esa 2-o‘rinni egallashdi.
61236 km masofani bosib o‘tgan B№109-ekipaji haydovchilariga esa faxrli 3-o‘rin nasib etdi.
E'tiborlisi, 220 tonnalik avtosamosvallarga shinalar yetkazib beruvchi Xitoyning Sailun Group kompaniyasi vakillari tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alarni topshirishdi.
Shuningdek, yo‘l qurilish xizmati mas'ullari ham turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Axborot xizmati