Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bu haqida joriy yilning 15-avgust kuni imzolangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini o‘ttiz ikki yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilangan.
Buyruqqa ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga kombinatda munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi, chora-tadbirlar rejasi, tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlarini o‘tkazish jadvali, bayram dasturxonini tashkillashtirish uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan muassasalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga tarkibiy bo‘linmalar hududlarini ‘Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligini nishonlashga bag‘ishlangan shiorlar va bannerlar bilan bezatish va tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga kombinatda munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan bir qator tadbirlarni tashkil etish belgilangan.
Jumladan, tarkibiy bo‘linmalarda ishchi-xodimlar o‘rtasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida she'rxonlik, rasmlar chizish tanlovlari va sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Shuningdek, kombinat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori osyida jamoaviy bayram tabrigi(fleshmob)tanlovi ham qiziqarli bo‘lishi shubhasiz.
Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan biriktirilgan hududlar va ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari va xayriya hasharini o‘tkazish ham belgilangan.
Har yilgi an'anaga ko‘ra, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan biriktiriligan maxsus ixtisoslashtiriligan muassasalarda bayram dasturxoni yoziladi.
Bayram munosabati bilan OKMK va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga oziq-ovqat to‘plamlari tuhfa etilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan kam ta'minlangan oilalar, yolg‘iz qariyalarning xonadonlarida xayriya hasharlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, “Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan bayram konserti ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
OKMK Axborot xizmati