"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Har bir xalq hayotida shunday sanalar borki, ular nafaqat tarix sahifalarida, balki avlodlar xotirasi va qalbida ham o‘chmas iz qoldiradi. Istiqlol ana shunday ulug‘ ayyomlardan biri bo‘lib, u millatimizga o‘z taqdirini belgilash, milliy o‘zligini namoyon etish va bebaho ma’naviy merosini yanada keng targ‘ib qilish imkonini berdi. Shu bois mustaqillik bayrami yurtimizda nafaqat bunyodkorlik va ezgu tashabbuslar, balki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali ham keng nishonlanadi.
Ana shunday bayramona ruhda joriy yilning 20-avgust kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq KMK” Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Nurxon Elmirzayeva, “Til va adabiyot ta’limi” jurnali bosh muharriri, adib Farrux Jabborov, taniqli shoirlar Najmiddin Turon va Bek Alilar, shuningdek, kombinat ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yangilanish va yuksalish sur’atlari xususida fikr yuritildi. Mehmonlar mustaqillik xalqimizga jahon hamjamiyatida tenglar ichra teng, o‘z munosib o‘rni va mustahkam so‘ziga ega bo‘lgan davlat sifatida yashash imkonini berganini ta’kidlashib, qutlug‘ sana arafasida bosib o‘tilgan 35 yillik sharafli yo‘lga nazar tashladilar. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi.
Ijodkorlarning Vatan, istiqlol, inson qadri va ezgulikni tarannum etuvchi dilbar misralari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida kombinat ishchi-xodimlari ham o'zlarining ijod namunalarni o'qib berishdi.
Bu kabi tadbir Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi hamda Markaziy analitik laboratoriyasida ham o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Jurnalislar uyushmasi a’zosi, “Toshkent haqiqati” gazetasi muharriri To‘xtamurod Hasanboyev, ijodkorlar Ubaydulla Abdushohidov va Zarifa Eraliyevalar ishtirok etishdi.
Eng aziz va ulug‘ ayyom — Mustaqillik kuni arafasida o‘tkazilayotgan bu kabi ma'naviy-ma’rifiy tadbirlar kombinat mehnatkashlari orasida istiqlolning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglash, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Axborot xizmati