• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mustaqillik – buyuk va bebaho ne'mat

27 Avgust 2024, 9:14 1496

Ma'lumki, bu yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq shahar hokimligi hamkorligida joriy yilning 26-avgust kuni OKMK sport majmuasida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi keng nishonlandi.

Tadbirda Olmaliq shahar Rus, Koreys milliy madaniy markazlari, shahar maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari, kombinat sportchilari tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Bayram tadbiri avvalida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov barchani istiqlol ayyomi bilan qutlar ekan, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar mustaqillik bergan imkoniyatlar ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Ayniqsa, jahon sport arenalarida sportchilarimiz erishgan yutuqlar barchamizning g‘ururlantirishini, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik siyosatining qadriga yetishimiz zarurligini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda Parij olimpiadasida sportchilarimizning erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, mahallaning jamiyatda tutgan o‘rni, so‘nggi yillarda mahalla tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aks ettiruvchi “Mahalla yettiligi” sahna ko‘rinishi tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.

Bayram tadbiri davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi jamoasi hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi taqdim etildi.

“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev, estrada xonandalari Vohidjon Isoqov, Gulasal Abdullayeva, Isroil Saidumarov, Sherbek Shodiyev, Umar Shamsiyevlarning dilrabo taronalari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazovning sho‘x-shodon qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech