"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mustaqillik – bu shunchaki sana yoki bayram emas. U – xalqimizning asriy orzusi, millatimizning g‘ururi va kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Bugun biz Yangi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini katta shukronalik, faxr va iftixor bilan qarshi olyapmiz. O’tgan yillar davomida mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va inson qadri davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bugungi kunda yurtimizning har bir hududida bunyodkorlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Zamonaviy maktablar, shifoxonalar, yirik ishlab chiqarish korxonalari va infratuzilma loyihalari xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonning eng katta kuchi va ishonchli tayanchi bo‘lgan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar tahsinga loyiq. Ta’lim, sport, innovatsiya va zamonaviy kasblarni egallash uchun keng eshiklar ochilmoqda.
Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, kombinat rahbariyati tomonidan yoshlarni kelajak kasblariga yo‘naltirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilgan.
Bizning eng katta boyligimiz – tinchlik va osoyishtalikdir. Ana shu bebaho ne’matni asrash, Vatan ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilish va mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek e’zozlash har birimizning muqaddas burchimizdir. Men Yangi O‘zbekiston fuqarosi sifatida buyuk va ozod Vatanda yashayotganimdan faxrlanaman.
Yagona maqsad yo‘lida birlashgan xalqimizning birdamligi va mehnatsevarligi bilan Yangi O‘zbekistonni yana-da obod, qudratli va farovon davlatga aylantirishimizga ishonaman.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Vatanimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Azamat Mavlanov,
OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi