• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mutaxassislar tayyorlash sohasida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi

17 Yanvar 2022, 14:34 1327

Xabaringiz bor, OKMK hamda Toshkent shahridagi Adju Universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, memorandum imzolangan edi.

Kuni kecha mazkur oliygoh hamda “Olmaliq KMK” AJ  o‘rtasida o‘zaro mutaxassislar tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida tasdiqlangan memorandum doirasida hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati korporativ maslahatchisi Sh.Jo‘raboyev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan kombinat xodimlari uchun elektrotexnika va komp'yuter muhandisligi yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilish, arxitektura va qurilish muhandisligi yo‘nalishida seminar-treninglarni o‘tkazish, xorijiy tillarni intensiv o‘rgatish o‘quv kurslarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Kombinat faoliyatini raqamlashtirish, yangi ob'yektlarining loyihalashtirish ishlarida universitet olimlarining tavsiyalarini ishlab chiqish, talabalarni 2-kursdan boshlab yozgi ta'til davomida kombinatning tegishli muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlarini o‘tkazilishini ta'minlash, istiqbolda mutaxassislar tayyorlashga buyurtmalarni shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida mutaxassislar tayyorlash sohasida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifa va tadbirlar rejasi bayon etilgan yo‘l haritasi ishlab chiqildi.

Shahzod Urolboyev,

OKMK O‘quv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari v.b

Bo`lishmoq:
Text to speech