"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, joriy yilning 30-aprelidan O‘zbekiston Respublikasinining yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi. Unga ko‘ra hamda 19-may kuni o‘tkazilgan Kombinat mehnat jamoasi sarhisob konferensiyasida ma'qullanganidek, OKMK ishchi-xodimlariga ish haqi to‘lash tartibi o‘zgartirildi.
Yangi tahrirdagi Jamoa shartnomasining 5-bo‘limi 5.4. bandiga ko‘ra endilikda kombinat ishchi-xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi.
Ish haqini to‘lash muddatlari:
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.
Oyning birinchi yarmi uchun avans to‘lovi xodimning amaldagi malaka razryadiga muvofiq, shtatlar jadvalida yoki ishchilarning shtatlarini taqsimlash jadvalida belgilangan lavozim maoshi (oylik tarif stavkasi) ning yoki mehnatga haq to‘lashning kontrakt shakli bo‘yicha o‘rnatilgan kafolatlangan okladning 50 % miqdorida amalga oshiriladi.
Bir so‘z bilan aytganda endilikda oylik ish haqining bir qismi avans bilan beriladi.
Axborot xizmati