• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK va PLUG and PLAY Uzbekistan hamkorligida innovatsiyalar kuni o‘tkazildi

11 Mart 2023, 8:8 1249

Kuni kecha PLUG and PLAY Uzbekistan va OKMK hamkorligida innovatsiyalar kuni tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad tog‘-kon va metallurgiya sanoatining kelajagini belgilab berishga intilayotgan muvafaqqiyatli startap kompaniyalarning innovatsion yechimlari bilan tanishishdan iborat bo‘ldi. Gibrid (yuzma-yuz va video konferens aloqa) formatda o‘tkazilgan tadbirda PLUG and PLAY jamoasi hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Italiya, Avstraliya, Belgiya, Finlandiya va Qirg‘izistonning kompaniyalari o‘zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Startaplar tomonidan taqdim etilgan innovasion yechimlar orasida rudani qayta ishlash, geologlar va tog‘ ishi sohasi mutaxassislari uchun ma'lumotlar oqimini qayta ishlash va avtomatlashtirish, ishlab chiqarishda ob-havoning real vaqt rejimidagi ta'sirini prognozlash, tog‘-kon sanoatida sun'iy intellektdan foydalanish, sanoat suvlarni tozalash va tahlil qilish bo‘yicha yechimlar bizning mutaxassislarida qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir so‘ngida, taklif etilgan innovatsion yechimlarni OKMKda joriy etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish yuzasidan keyingi qadamlar kelishib olindi.

Ma'lumot uchun: Plug and play — startaplar, korporatsiyalar, universitet va davlat idoralarini birlashtiruvchi yetakchi innovatsion platforma bo‘lib, kompaniya besh qit'ada 40 dan ortiq manzillarda faoliyat yuritadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech