Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ustozlik buyuk maqom bo‘lib, bunga erisha olgan, bitta bo‘lsada munosib shogirdni tarbiyalay olgan ustoz o‘z kasbi bilan faxrlansa arziydi. Lekin ustoz faqat maktab o‘qituvchisi emas. Qaysi sohaga qaramang, har sohaning o‘z ustasi, o‘z ustozi bor.
"Olmaliqmetallurgqurilish" trestida ham ustoz nomiga munosib bo‘lgan insonlar talaygina. 1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan trest rahbariyati, kasaba uyushmasi hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida uzoq yillar trestda samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada bo‘lgan xodimlar holidan xabar olinib, bayram munosabati bilan ularga minnatdorchiliklar bildirildi.
Xususan, "Olmaliqmetallurgqurilish" trestida qurilish-ta'mirlash ishlarida uzoq yillar samarali mehnat qilishib, ishchi-xizmatchilarning malakasini oshirishga o‘z hissasini qo‘shgan, yosh mutaxassislarni ishlab chiqarish jarayonlariga moslashuviga yaqindan ko‘maklashgan hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib xizmat qilgan Xolbay Matmusayev, Ablaxat Usmanov, Mahkam Shamatov, Almat Ashurov, Mo‘min Djo‘rayev hamda Abdimital Saparovlar bayram bahona yo‘qlandi.
Har birlariga bayram shukuhi ulashilib, shogirdlari nomidan samimiy tilaklar yetkazilib, estalik sovg‘alari topshirildi.
Obid Sarkayev,
Trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi