• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Germaniya oliygohi va kombinat o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

24 Mart 2022, 12:12 887

Kuni kecha OKMK mutaxassislari, MTTU MISiS Olmaliq filiali rahbariyati, professor o‘qituvchilari hamda Germaniyaning Freyberg konchilik akademiyasi vakillari - xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Ingrid Lange va materialshunoslik kafedrasi professori Aleksandros Karitoslar o‘rtasida videokonferens aloqa orqali o‘zaro hamkorlik masalasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida  texnogen chiqindilarni qayta ishlashda hamda yangi ilg‘or materiallarni ishlab chiqishda ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, uchrashuvda MTTU MISiS Olmaliq filiali va akademiya o‘rtasida talabalar va ilmiy xodimlarni malaka oshirishga yuborish va almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Amir Obidov,

OKMK xodimi, professor

Bo`lishmoq:
Text to speech