Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022 yil 24 may kuni Koreyadagi 7,5 yillik faoliyati davomida 267 turdagi yangi qotishmalarni kashf qilgan, ularning oltitasiga xalqaro patent olgan o‘zbekistonlik kimyogar olim, “Yangi O‘zbekiston” Universiteti prorektori Elyorjon Jumayev OKMKga tashrif buyurdi.
Kombinat rahbariyati, mutaxassislari hamda olim o‘rtasidagi uchrashuvda yosh olim tomonidan bir qator qotishmalar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuvda olimning ilmiy ishlanmalari muhokama qilinib, u kashf qilgan yangi qotishmalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Yaqinda olimning xalqaro miqyosda patentga loyiq topilgan “Yuqori darajada mustahkamlik va egiluvchanlikka ega nikel asosli yangi superqotishmalar” ixtirosini ishlab chiqarishga tadbiq etish bo‘yicha xamkorlikda ishlar olib borishga kelishildi.
Kombinatda shu sohadagi mavjud kamchiliklar ham muhokama etilib, ushbu masala bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida ilmiy va amaliy ishlar olib boriladi. Mazkur xamkorlik kombinatda yangi turdagi super qotishmalar ishlab chiqarish, mavjud texnologiyalarni takomillashtirda xizmat qiladi. Hamda OKMKning innovasion rivojlantrish strategiyasini amalga oshirishda munosib xissasini qo‘shadi.
OKMK Axborot xizmati