Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun OKMK Ijro apparatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajariladigan vazifalar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov, o‘rinbosarlari, bo‘lim va xizmat rahbarlari, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari hamda mas'ullar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda boshqaruv raisi kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ijrosi o‘z muddatida amalga oshirilayotgani, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan 2023-yilga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari birin-ketin bajarilayotganligini ta'kidladi. Tarkibiy bo‘linmalar o‘zlariga yuklatilgan ishlab chiqarish rejalarining bajarilishini joriy yilning 25-dekabriga qadar ta'minlashlari zarurligi alohida qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda kombinatda Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olish, buning uchun esa har bir korxona hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish, bayram tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, korxonalarda navbatchilikni tashkillashtirish vazifalari belgilandi.
Moliya va buxgalteriya bo‘limlariga kombinat ishchi-xodimlarining Yangi yil bayramini yuqori kayfiyatda kutib olishlari hamda mehnatlarini munosib rag‘batlantirish uchun avans to‘lovini muddatidan oldin to‘lab berish hamda bayram munosabati bilan mukofot pulini ajratish bo‘yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Yig‘ilishda mas'ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
OKMK Axborot xizmati