• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Navbatdagi profilaktik tadbirlar Angren va Chodakda

21 Noyabr 2022, 13:17 646

Joriy yilning 17-noyabr kuni Avtomobil transporti boshqarmasining Angren kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatuvchi 2-sonli avtokorxonasi va Chodak kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatuvchi 3-sonli avtokorxonasida profilaktik tadbirlar doirasida tegishli mas'ullar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda ATB boshlig‘ining tovar moddiy boyliklari butligini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari D.Xamzayev, boshqarma boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi J.Tog‘ayev, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Narimanov, xodimlar bo‘limi boshlig‘i S.Jo‘rayeva va 1-sonli IIB xodimi Sh.Erkaboyevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda D.Xamzayev  yig‘ilganlarga kombinat boshqaruvi raisining 2022-yil 24-oktyabr sanasidagi “Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlari odob ahloqining qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i va OKMKning 2022-yil 22-oktyabrdagi 1258-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash hamda komplaens nazorat tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbirda boshqa mas'ullar ham so‘zga chiqib korxona ichki tartib qoidalariga amal qilish, yoshlar orasida tarqalishi mumkin bo‘lgan turli yot g‘oyalar, korxona mulkiga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yig‘ilish so‘ngida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech