• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Navoiyga ehtirom

12 Fevral 2022, 13:44 1086

Har yilning 9-fevrali mamlakatimizda ma'naviyat, adabiyot, madaniyat va san'at bayrami sifatida keng nishonlanadi. Chunki buyuk inson, ulug‘ mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy o‘zbek tili va adabiyotiga asos solibgina qolmay, milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga, o‘zbek madaniyatining taraqqiy etishiga, mumtoz san'at asarlarining yaratilishiga beqiyos hissa qo‘shgan.

G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 21-MTTda "Navoiyga ehtirom" adabiy-ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda buyuk so‘z san'ati namoyandasining o‘zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, badiiy asarlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, chin insoniy fazilatlari, davlat va jamoat arbobi sifatidagi ulkan bunyodkorlik ishlari haqida fikrlar bildirildi. Navoiy asarlarini o‘qib-o‘rganish yoshlarning ma'naviy boyligini oshirishda, ular ta'lim-tarbiyasining yuksalishida hamda buyuk ajdodlarimizga va tug‘ilib o‘sgan ona yurtimizga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini yanada shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda yosh mutaxassislar Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar yodga olishdi, shoir g‘azaliga bastalangan mumtoz qo‘shiqlar yangradi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

 

Bo`lishmoq:
Text to speech