• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

NMTBda taktik oʻquv mashgʻuloti

21 Iyun 2022, 11:25 871

Neft mahsulotlari taʻminoti boshqarmasidagi (keyinchalik - NMTB) mavjud sisternada texnologik jarayonning buzulishi natijasida portlash sodir boʻldi. OKMK dispetcheri tomonidan zudlik bilan berilgan xabardan soʻng, qutqaruv xizmatlari va Olmaliq shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi, 51-sonli yongʻin qutqaruv qismi, Fuqaro muhofazasi otryadi, NMTB fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan hamkorlikda portlash oqibatlari bartaraf etildi. Yuzaga kelgan yongʻin ham tezlikda oʻchirilib, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi.

Mazkur hodisa Neft mahsulotlari taʻminoti boshqarmasida tashkil etilgan taktik oʻquv mashgʻuloti senariysidan edi.

Taktik oʻquv mashgʻulotida kombinat obektlarida yongʻin xavfsizligini taʻminlashni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Adham Ahrorov, Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri Abbos Qoʻziev, Neft mahsulotlari taʻminoti boshqarmasi boshligʻi Umid Mustafaqulovlar ishtirok etishdi.

Masʻullar tomonidan taktik oʻquv mashgʻulotiga qoniqarli bahosi qoʻyildi.

R.Qurbonov,

FM otryadi komandirining  oʻrinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech