Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33«Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish» investitsiyaviy loyihasini samarali va jadallikda amalga oshirish uchun yangi transport vositalari olib kelindi.
Avtomobil transport boshqarmasi texnoparkiga olib kelingan 4 dona «MAN TGS40.400» rusumli avtosisternalarining yuk ko‘tarish quvvati 25 tonna bo‘lib, xavfli yuklarni tashishga mo‘ljallangan.
Yangi transport vositalari 1-sonli avtokorxonaga ro‘yxatga qo‘yilib, «Maxam-Chirchiq» AJdan Portlatish materiallari zavodiga ammoniy nitrat tashiydi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu turdagi transport vositalaridan ATBda ilk marotaba foydalaniladi.
Ushbu avtosisternalarning boshqaruvi ko‘p yillik ish tajribasiga ega haydovchilarga ishonib topshirildi. Haydovchilar o‘tgan yili malaka oshirish kurslarini ham o‘tashdi.
Hozirda barcha kerakli hujjat ishlari rasmiylashtirilib, GPS monitoringi uskunalari va yoqilg‘i darajasi datchiklari bilan jihozlandi. Avtosisternalardan shu oydan foydalana boshlanadi. Yaqin kunlarda yana 1 dona shu rusumdagi avtosisterna keltirilishi kutilmoqda.
Axborot xizmati