• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada yillik eksport rejasi muddatidan avval bajarildi

10 Oktyabr 2022, 9:30 1350

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Chirchiq shahrida joylashgan tarkibiy bo‘linmasi – Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan quvonarli natija qayd etildi.

Birlashma mehnat jamoasi 2022-yil yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, muddatidan avval yillik eksport rejasini 311,1%ga bajarishga erishdi. Birlashma tomonidan 24,64 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 9 oy yakunlariga ko‘ra, 296,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 169,6%ga uddalanganini ham alohida ta'kidlash joiz.

Mahsulotlar kesimida qaraydigan bo‘lsak 868,6 tonna molibden 3 oksidi tayyorlangan holda rejaviy vazifa 113,6%ga bajarildi.

Shuningdek, molibden shtabigi va briketi ishlab chiqarish rejasi 114,4%ga bajarilib, 574,8 tonna ushbu mahsulot tayyorlangan.

720,2 tonna olovbardoshli keramik buyumlar ishlab chiqilib, reja 122,8%ga bajarildi.

Molibden metallini tayyorlash vazifasi esa 111,5%ga uddalandi.

Birlashmada mahalliylashtirish dasturi ham samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, dastur doirasida 42ta loyiha amalga oshirilib, 81 526,7 mln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan holda reja 100,9%ga bajirilishiga erishilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech